Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Evra van de Bek haqida aytgan so‘zlariga izoh berdi

27.10.2020, 08:45

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Patris Evra jamoa yarim himoyachisi Donni van de Bek haqidagi so‘nggi so‘zlariga izoh berdi.

Fransuz avvalroq «Van de Bek «MYu»ga kerak emas. Nega sotib oldik?» degandi.

«O‘sha so‘zlarimdan keyin ba’zilar futbol haqidagi bilimlarimni haqorat qilishga urinishdi. Ularning ko‘pchiligi «iPhone X» yaratilganidan keyin tug‘ilganlar va gap nimada ekanligini bilmaydilar.

Van de Bek bizga kerak emas, dedim. Bir nechta misol keltiraman. Fred, MakTomini, Matich. Ularni sevasiz yoki yomon ko‘rasiz. Lekin ular kuch kerak bo‘lgan va juda ko‘p ishlanadigan o‘yinlarda o‘zlarini ko‘rsata olishadi.

Donni Pol Pogbadan kuchliroqmi? Yo‘q. Bundan tashqari, u – boshqa chiziqdagi o‘yinchi. Brunu Fernandesh? Undan ham kuchli emas.

Van de Bekni «Ayaks»dagidek o‘ynashini istayman. Ammo bu yerda muammo bor. U ushbu mavsumda «MYu»ning asosiy tarkibida necha marta maydonga tushdi. Uni sotib olish zaruriyat emasdi.

Ammo, albatta, bizga kengroq tarkib kerak. Ko‘plab sovrinlar uchun kurashyapmiz, shu sababli zaxira o‘rindig‘i uzun bo‘lishi kerak. Men u yigit uchun afsusdaman. Shartnoma imzolanganda va ular siz uchun 40 mln funt to‘lashganda tez-tez o‘ynashni kutasiz.

Olega ishonaman. Futbolchi ham unga ishonishi, xotirjam bo‘lishi kerak. U imkoniyatga ega bo‘ladi va «MYu»ga loyiqligini isbotlaydi.

So‘zlarimni noto‘g‘ri talqin qilmang. Unga hurmatsizlik qilmadim», – deb yozadi Evra Instagram’dagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, van de Bek bu mavsumda APLda jami 59 daqiqa harakat qildi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
27.10

Bula hammasi gapiraveradi. Yağirlar. Van de Bek yahwi õyinchi. Har holda yuguradigan õyinchi. Pogba ahlatga õhwab tõpni oldirib qõyib õtirmaydi

  [off]
27.10

Matich xali kerak mavsum tugaguncha

  [off]
27.10

Гирилиш кеганда хам заменда отирарди буни бошида этгаман заменга кевоти бу деб

  [off]
27.10

matichi sotish kere uje vohti keldi undan mactominay yahshiroq vandebek pol pogba mactominay baravar oynatish kere fred boshliqi toldiradi qotaq sulsher shungayam aqlin yetmadimi nme shundo oyinchini zahiraga tiqvoti bu lata

  Ruud Van Nistelrooy [off]
27.10

Van De Beek juda iqtidorli futbolchi bunga shubxa yoq
Umumiy: 5

© 2023 Uzbek Reds
Контакты