Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Reshford – Chempionlar Ligasida zaxiradan maydonga tushib, het-trikka erishgan beshinchi o‘yinchi

29.10.2020, 09:24

«Manchester Yunayted» YeChLning 2-turida «Leypsig»ni (5:0) yirik hisobda ma’lub etdi.

Mankunianliklarning 3 ta goliga Markus Reshford mualliflik qildi. Hujumchi 64-daqiqada Meyson Grinvud o‘rniga maydonga tushgandi.

Gracenote Sports’ning yozishicha, Reshford ushbu turnirda zaxiradan maydonga tushib, het-trik qayd etgan beshinchi futbolchiga aylandi. E’tiborlisi, 22 yoshli forvard buning uchun boshqalarda kamroq vaqt sarfladi – 27 daqiqa.

[Изображение удалено]

Turnir tarixida bunday natijaga Kilian Mbappe (PSJ, 2019 yil), Xoseba Lorente («Vilyarreal», 2008), Valter Pandiani («Deportivo», 2001) va Uve Resler («Kayzerslautern», 1998) erishgandi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar
S

  Shahzod [off]
29.10

Gap yuq Reshfordga

  [off]
29.10

Rеshfrtkа.omаt.fаnаt.doshlаr.g'аlаbа.muborаk.bo'lsn
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты