Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» futbolchisi koronavirus yuqtirib oldi

29.10.2020, 14:10

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoaning braziliyalik himoyachisi Aleks Tellesning «Leypsig»ga qarshi o‘yin qaydnomasidan o‘rin olmagani sababini ma’lum qildi.

«Telles topshirgan test natijasi musbat chiqdi. Shu bois u bir necha kundan buyon klub bilan birga emas. Aleks koronavirusni alomatlarsiz o‘tkazmoqda. U tez orada safga qaytishini kutayapmiz», – deydi Ole.

Ma’lumot uchun, koronavirus yuqtirib olganlik holati «MYu»dagi birinchisi emas. Bungacha jamoa yarim himoyachisi Pol Pogba ham infeksiyadan tuzalgandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
30.10

Tezroq tuzalib ket Telles

  [off]
29.10

Chato bobti

  Market_Utd [off]
29.10

Шифосини берсин, тезрок согайиб сафга кайтсин.

  [off]
29.10

Yaxshi bolsin

  [off]
29.10

Tezro qaytiwini xoxlemz

  [off]
29.10

Тузалиб кетсин
Umumiy: 6

© 2023 Uzbek Reds
Контакты