Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Markus Reshford Ole-Gunnar Sulsherning 21 yil avvalgi natijasini takrorladi

29.10.2020, 17:27

«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan «Leypsig»ga qarshi o‘yinda (5:0) 3 ta gol urib, jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherning futbolchilik vaqtidagi e’tiborga molik natijasini takrorladi.

Goal xabariga ko‘ra, 22 yoshli Markus zaxiradan maydonga tushganidan keyin het-trik qayd etgan «Manchester Yunayted»ning ikkinchi futbolchisiga aylangan. Ungacha ushbu natijaga Ole-Gunnar Sulsher erishgandi. Sulsher 1999 yil fevral oyida zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, «Nottinghem Forest» darvozasini uch bor ishg‘ol qilgan.

Ma’lumot uchun, Reshford «qizil iblislar» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Markus 2020/21 yilgi mavsum «Manchester Yunayted» safida 9 uchrashuvda ishtirok etib, 7 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: www.daryo.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
30.10

Reshford kibrlanma uzindan xali yulduz boliwin kere

  Market_Utd [off]
30.10

Теллес тузалибди админ, инстаграмида курдим,малумот буса кушворин

  [off]
29.10

Старт якши решда ортада узилиш болип колаверади

  [off]
29.10

Shunday davom etaver reshfert
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты