Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Maguayr: «Mavsum boshi «MYu» uchun inqirozlidek ko‘ringandi»

30.10.2020, 11:07

«Manchester Yunayted» sardori Harri Maguayr APL 4-turi doirasida «Tottenhem»dan uchralgan qaqshatqich mag‘lubiyatdan keyin (1:6) jamoa jiddiy o‘zgarganligini aytib o‘tdi.

O‘sha mag‘lubiyatdan keyingi 4 o‘yinda «MYu» 3 g‘alaba va bitta durang qayd etdi. So‘nggi uchrashuvda esa «RB Leypsig» ustidan yirik hisobda (5:0) g‘alaba qozondi.

«Tottenhem»ga qarshi o‘yindan keyin juda horg‘in holatda edik. Dastlabki uch o‘yindan keyin mavsum boshidagi holat inqirozlidek ko‘ringandi. Biz «Old Trafford»da ketma-ket mag‘lubiyatlarga uchrashimizni kutmagandik. Ayniqsa, dastlabki 3 turda 11 ta gol o‘tkazib yuborishimiz o‘ta yomon holat edi. Shunga qaramay, Yevropa top-5 ligasida o‘tgan mavsumning ikkinchi qismida o‘z darvozasidan eng kam gol o‘tkazgan jamoa sifatida yana o‘zimizga bo‘lgan ishonchni qaytirishimiz shartligini bilardik. Milliy jamoa o‘yinlaridan keyin ham mashg‘ulotlarda ko‘p ishladik va jamoa natijasi ham o‘zgara boshladi. O‘zimizga bo‘lgan ishonch ortdi. Oldinda bizni uzoq sarguzasht kutmoqda va hozirgidek o‘yindan-o‘yinga kuchayib borishimiz kerak», – deydi Maguayr.

Ma’lumot uchun, «MYu» «Leypsig» ustidan erishilgan g‘alabadan keyin o‘z guruhida 6 ochko bilan yaqqol peshqadamga aylanib oldi. Klub navbatdagi o‘yinini APL doirasida «Arsenal»ga qarshi o‘tkazadi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
30.10

Maguaer Arsenal yutib berilar,uzilarda ham biz muxlislarda ham ishonch oshsin

  [off]
30.10

Endi buyog'iga faqat g'alaba kere myu olg'aaaaa

  [off]
30.10

Rasvo koringandi chetdan

  [off]
30.10

Арсенални ютиш шарт дуранг хам ханотлантирмайди енди бизни
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты