Giggz: «MYu» chempionligi uchun ehtimol yana 15-20 yil vaqt kerak bo‘lar»
30.10.2020, 17:09
Uels milliy jamoasi bosh murabbiyi Rayan Giggz «Manchester Yunayted»ning Angliya Premer Ligasidagi chempionlik imkoniyatlarini chamaladi.
«MYu» chempionligi uchun ehtimol yana 15-20 yil vaqt kerak bo‘lar. Ayniqsa, Klopp va Gvardiola o‘z klublarida ishlab tursa, «MYu»ga qiyin bo‘ladi. Bu murabbiylar qo‘l ostida katta imkoniyat va yaxshi o‘yinchilar bor.
«Liverpul» 1990 yil chempion bo‘lganida ular ham yana tez orada bosh sovringa ega chiqish haqida o‘ylashgan. Ammo buning uchun 30 yil vaqt kerak bo‘ldi.
Hattoki Klopp kabi murabbiyga ham APL chempionligini qo‘lga kiritish uchun 4,5 yil vaqt zarur bo‘lgan. Bosh sovringa ega chiqish ko‘p vaqtni oladi. Klopp bajargan ishlarga e’tibor qaratish kerak», – deydi Giggz.
Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» klubi APL 6-turidan keyin 7 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda.
Manba: www.tribuna.uz
[Изображение удалено]