Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ole: «5 o‘yinchi almashtirishga ruxsat berilmaganiga tushunmayapman. Bu – tarixdagi eng qiyin mavsum»

31.10.2020, 12:23

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APLda 5 o‘yinchini o‘zgartirish bekor qilinganiga o‘z munosabatini bildirdi.

«Klublar nega qarshi ovoz berishganini tushuna olmayapman. Futbolchilar haqida o‘ylashimiz kerak. Bu – tarixdagi eng qiyin mavsum.

Klubning bu qoidadan bosh tortishiga sabab ko‘rmayapman. Qarorni o‘zgartirib, futbolchilar, ularning ruhiy va jismoniy salomatligi haqida o‘ylashimiz kerak.

Yagona oqilona yechim – ularga biroz ko‘proq dam berish. Premer Ligada allaqachon ko‘pchilik jarohat olgan. Men 5 nafar o‘yinchi almashtirish tarafdoriman», – deydi Ole.

Eslatib o‘tamiz, APLda pandemiya sababli o‘tgan mavsum restartida 5 o‘yinchi o‘zgartirishga ruxsat berilgan edi. Keyin klublarning ko‘pchiligi yangi mavsum oldidan ushbu qoidaga qarshi chiqishdi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  Market_Utd [off]
31.10

Хич йу шу мавсум рухсат беришса буларди тигиз мавсум булябди ахир, АПЛ ниям ютуги буларди агар,халкаро уйинларга тасири катта буларди.

  [off]
31.10

Кеча Гивардола хам гапириб чикан эди 5 кишили замен килиш кере деб

  [off]
31.10

Захираси кучсиз клублар карши чкиши аник
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты