Assalomu alaykum, Mehmon!
Reklama
Yangiliklar tasmasi

Roberto Martines: "Lukakuni "MYU"da nohaq tanqid qilishardi»

19.11.2020, 23:10

Belgiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines hujumchi Romelu Lukaku haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Har bir futbolchi faoliyatida muhim bosqichlarni bosib o'tadi, yaxshi va yomon lahzalarni boshidan kechiradi. Ammo Romeluda hech qachon gol urish qobiliyatini yo'qotmagan hujumchini ko'ramiz.



Endi u tajribali futbolchi kabi o'ynayapti. Lukaka "MYU"da chindan ham sovrinlarni yutishni xohlagan va katta mas'uliyatni o'z zimmasiga olgandi. Ammo uni juda ko'p tanqid qilishdi, garchi u bunga loyiq bo'lmasa ham.

Italiyada esa u tobora rivojlanib borayotgan loyihaning bir qismiga aylandi, yana javobgarlikni o'z bo'yniga oldi. Angliyada boshidan kechirgan qiyinchiliklar unga yaxshi ta'sir qildi. Endi u haqiqatan ham kattalar o'yinini namoyish qilmoqda", – deya Martinesning so'zlarini keltiradi Talksport.

Ma'lumot uchun, 27 yoshli forvard "Manchester Yunayted"da 2017 yildan 2019 yilgacha harakat qildi va APL doirasida 66ta bahsda 28ta gol urdi.

Manba: tribuna.uz

Oxirgi fikrlar
A

  Aziz [off]
20.11

Haq gap marsialdan ancha kuchli

  Ravshan [off]
19.11

Lekin marsialdan ikki bosh ustun xujumchi
Umumiy: 2

© 2020 Uzbek Reds
Контакты