Assalomu alaykum, Mehmon!
Reklama
Yangiliklar tasmasi

Sancho Dortmund raxbariyatidan norozi

20.11.2020, 05:10

Manchester Yunayted” va “Borussiya”ning Jeydon Sancho transferlari bo‘yicha muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi. Inglizlar kerakli summani to‘lashga rozi bo‘lgan bir pallada dortmundliklar Sanchoni sotish fikridan qaytgandi.

Dortmund klubi rahbarlari kelasi yozda Evropa chempionatidan keyin Sanchoning narxi yanada oshishiga ishonmoqda va futbolchi uchun kurashga “Real”, “Barselona”, “Yuventus” va PSJ kabi klublarning qo‘shilishini kutmoqda.

Nihoyat, Jeydon Sancho “Borussiya” rahbarlarining bu siyosatiga qarshi bosh ko‘tardi. Angliyaning futbolchi o‘z yurtiga qaytish istagida ekani va “Manchester Yunayted”ga qo‘yib yuborishlarini talab qilyapti.

Shuningdek, 20 yoshli pleymeyker manchesterliklar tarkibiga qo‘shilish uchun Ispaniya, Italiya va Frantsiya grandlaridan bo‘ladigan har qanday taklifni rad etishini ham uqtirdi. Jeydon joriy chempionatda o‘tgan mavsumdagi yorqin o‘yinini namoyish qilmayotgani ham uning nemis klubi qaroridan noroziligini ko‘rsatmoqda.

Manba: sports.uz

Oxirgi fikrlar

  Anvar [off]
20.11

Kel sancho bizda udarr trio boladi

  Market_Utd [off]
20.11

Яшшавор яшшавор угил бола,сани Мюда буюк ишлар кутябди келакол тезрок.
Umumiy: 2

© 2020 Uzbek Reds
Контакты