Assalomu alaykum, Mehmon!
Reklama
Yangiliklar tasmasi

Upamekano APL ga yo'l olmoqchi

20.11.2020, 05:13

“Leyptsig” himoyachisi Dayot Upamekano qishki transferlar mavsumida Bundesligani tark etishga qaror qildi. Frantsiyalik futbolchi faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishga tayyorgarlik ko‘ryapti.

O‘z navbatida, “Leyptsig” rahbariyati ham ko‘p klublar nishonida turgan 22 yoshli futbolchini 45 million evroga qo‘yib yuborishga rozilik bergan.

Upamekano yanvar oyida “Arsenal”, “Manchester Yunayted” va “Liverpul” kabi jamoalardan birining taklifini qabul qilishi kutilmoqda. Avvalroq, himoyachiga qiziqayotgan “Bavariya” kurashdan chiqqani xabar qilingan edi.

Manba: sports.uz

Oxirgi fikrlar

  Anvar [off]
20.11

Olish kerak buni qishda boldi bizga yetadi faqat shuni olsa yozda keyin sancho

  Rim_afina [off]
20.11

olish kerakda shuni
Umumiy: 2

© 2020 Uzbek Reds
Контакты