Assalomu alaykum, Mehmon!
Reklama
Yangiliklar tasmasi

Zidan Varanning «MYu»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarga munosabat bildirdi

21.11.2020, 20:23

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa himoyachisi Rafael Varanning «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

«Varan boshqa klubga sotilmaydi. Bu faqat mening emas, klubning ham fikri. Rafael jamoamizning bir bo‘lagi. Uni qo‘yib yuborish niyatimiz yo‘q. O‘z vaqtida uni «Real»ga o‘tishga ko‘ndirish baxti nasib qilgandi.

Klubning pozitsiyasi, murabbiy va jamoaning fikri bir xil – «Real» Varanni hech qayerga qo‘yib yubormaydi. U «Real» uchun juda muhim futbolchi», – deydi Zidan.

Avvalroq, «MYu» yozgi transfer oynasida Rafael Varanni o‘z safiga qo‘shib olish uchun futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqqani haqida xabar qilingan edi.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli fransiyalik himoyachi 2011 yildan buyon Madrid klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar
Z

  Zafar [off]
21.11

Sotmasa sotma bizda lindelof bor
m

  majidxon [off]
21.11

O'shеtа.toshtе.qot.bzgа.frаnsuzlаr.kеrеmаs.аgаr.polgа.o'xshаgаn.bo'lsа.bizgа.t.ming.grilish.sаncho'.shulаr.bolаd.аgаr.po'l.kеtsа.o'rngа.xеchm.kеrekmаr
Umumiy: 2

© 2020 Uzbek Reds
Контакты