Assalomu alaykum, Mehmon!
Reklama
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» xakerlar hujumiga uchradi

21.11.2020, 22:07

«Manchester Yunayted» tizimi xakerlar hujumiga uchradi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Klub hujum sabab tezkor choralarni qo‘llagan va ayni damda vaziyatni o‘rganish borasida maxsus ekspertlar bilan birga ishlamoqda.

Klubning media kanallari, xususan, sayt va mobil ilovaga jabr yetmagan. Hozirda muxlislar va hamkorlarning shaxsiy ma’lumotlari tarqalib ketgani borasida ma’lumot yo‘q», – deyiladi klub bayonotida.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, ushbu hujum jamoaning «Vest Bromvich»ga qarshi o‘tadigan o‘yiniga ta’sir o‘tkazmaydi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21 noyabrdan 22 noyabrga o‘tar kechasi 01:00 da boshlanadi.

Manba: www.daryo.uz

+

Oxirgi fikrlar

© 2020 Uzbek Reds
Контакты