Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ole: «Guruhda birinchi o‘rinni egallashni xohlaymiz»

02.12.2020, 22:41

«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher YeChL doirasida PSJga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin hal qiluvchi bo‘lishini aytdi.

«Pley-offga qanchalik tez yo‘l olsak, shuncha yaxshi bo‘ladi. Biz, albatta, guruhda birinchi o‘rinni egallashni xohlaymiz. Biz o‘z uslubimizga sodiq qolamiz, keskin hujum qilishga va juda kuchli raqibga qarshi ishonchli himoyalanishga harakat qilamiz. Shunga qaramay, oldimizga ertaga (bugun – tahr.) g‘alaba qozonish va guruhda birinchi o‘rinni egallash vazifasini qo‘ydik.

Edinson Kavani maydonga tushishga tayyor. Аlbatta u o‘zining sobiq klubiga qarshi o‘ynashni xohlaydi. U hali ham PSJ tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib qolmoqda va bu unga ruhiy tomondan ta’sir qiladi. Аmmo men allaqachon Edinson bilan tanishishga ulgurganman va bu unga kuch qo‘shishiga aminman. U o‘z ishida haqiqiy professional. Bugun u o‘yinga maqbul holatda yondashish uchun o‘z kayfiyati ustida ishlaydi», – deydi Ole.

Manba: www.stadion.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты