Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Reshford – The Guardian talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi

05.01.2021, 13:17

Angliyaning The Guardian nashri «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshfordni 2020 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topdi.

Ma’lumot uchun, ushbu mukofot yil davomida qiyinchiliklarni yengib o‘tgan, boshqalarga yordam bergan va o‘rnak ko‘rsatgan o‘yinchilarga beriladi.

Reshford 2020 yil davomida kambag‘allarga va bolalarga yordam berish uchun bir nechta aksiyalar o‘tkazdi. Ularning eng asosiysi – ta’til vaqtida maktab o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’milash aksiyasi.

«Karantin paytida maktablar yopilganda, o‘sha bolalar haqida qayg‘urardim. Bolaligimda bizda bepul tushliksiz juda oz oziq-ovqat bor edi.

Yanvar oyida belimdan jarohat oldim va tiklanishning dastlabki bosqichida turli oilalar bilan vaqt o‘tkazdim. Ularning yashashi oziq-ovqat talonlariga bog‘liq edi.

Bu qo‘rquv qanday bo‘lishini, onamning qanchalik qo‘rqqanini bilaman. Shuning uchun bolalar va ularning ota-onalari buni boshdan kechirishlarini xohlamagandim», – deydi Reshford.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты