Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Aleks Fergyuson VAR tizimini tanqid qildi

05.01.2021, 15:54

«Manchester Yunayted» sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson VAR tizimini futbol uchun fojia deb atadi.

«Bu fojia. O‘tgan haftada «Lids» va «Byornli» o‘rtasidagi o‘yinni tomosha qildim. Ushbu o‘yinda «Byornli»ning goli «Lids» darvozaboni ularning futbolchisiga nisbatan qo‘pollik qilgani uchun bekor qilindi. Bu aqlga sig‘maydi», – deydi Fergyuson.

Ma’lumot uchun, «Byornli» APL 15-turi doirasida «Lids»ga mag‘lub bo‘ldi (0:1). O‘yindagi yagona gol 5-daqiqada Patrik Bemford tomonidan penaltidan kiritilgan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
06.01

Fudboldagi Karimov ser Aleks Fergyuson

  [off]
06.01

Ota nima desa shu

  HasanDjuraev [off]
05.01

Possession
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты