Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Hozirgi «MYu» uchun kubokdagi g‘oliblik – ulkan qadam bo‘lardi». Sulsher «Manchester Siti»ga qarshi yarim final haqida

06.01.2021, 06:25

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher «Manchester Siti»ga qarshi Angliya Liga Kubogi yarim final bahsi oldidan o‘yin haqida to‘xtaldi.

«Hozirgi «Manchester Yunayted» uchun kubokda g‘olib bo‘lish – oldinga tashlangan ulkan qadam bo‘lardi. Biz so‘nggi 12 oy davomida katta o‘sishga erishdik.

Biz hozirgi sport formamizda oxirigacha yetib bora olishimizga ishonamiz. Bu borada hech qanday bahona o‘tmaydi.

Jamoa chorshanba oqshomidagi o‘yinga tayyor va jangga shay holatda. «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinga jamoa yaxshi tayyorgarlik ko‘rdi», – deydi Ole.

Ma’lumot uchun, «MYu» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi bir o‘yindan iborat yarim final bahsi 6 yanvar kuni «Old Trafford»da o‘tkaziladi. Bahs soat 00:45 da boshlanadi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
06.01

Bugun 70% yutamiz aniq

  [off]
06.01

Sulsher o'yindan oldin katta gapirib qo'yibsan.o'yindan keyin gapirsang yahshi bo'lardi.ManYu g'alaba qozonishini tiliman.

  Market_Utd [off]
06.01

Олеее, Оле Оле Оле,бугун бир махоратини курсатчи йил бошидан грандларни ютишни бошлаб.
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты