Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Ehtimol, shu tarzda hakamlarga bosim o‘tkazishmoqchidir». Sulsher Kloppning penaltilar haqidagi gapiga javob qaytardi

06.01.2021, 18:49

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher «Liverpul» ustozi Yurgen Kloppning hakamlik borasidagi gaplariga javob qaytardi.

Liverpulliklar ustozi «Sautgempton»dan uchralgan mag‘lubiyadan (0:1) keyin «Manchester Yunayted»ga 2 yil ichida berilgan penaltilar soni «Liverpul»ning 5,5 yilda tepgan penaltilaridan ko‘proqligi haqida gapirgandi.

«Ochig‘ini aytsam, ularga necha marta penalti berilganini hisoblab bormayman. Agar ular vaqtni shu uchun sarflashni istashsa, marhamat, ammo menda buning uchun xohish yo‘q. Bunday gaplarni gapirayotganlarni tushuna olmadim.

Qizig‘i, shunday gap-so‘zlar o‘tgan mavsumda Angliya Kubogida raqiblarimizga ish bergandi. O‘shanda «Chelsi» bilan yarim final o‘yini oldidan Frenk Lempard penaltilar haqida gapirgan va o‘yin kuni biz penalti tepishimiz kerak bo‘lgan vaziyatda ham hakam 11 metrlik nuqtani ko‘rsatmagandi. Shunday ekan, ehtimol, shu tarzda hakamlarga bosim o‘tkazishmoqchidir. Ochig‘i, bu meni tashvishlantirmaydi», – deydi Ole.

Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» APL turnir jadvalida 33 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda, bitta ko‘proq o‘yin o‘tkazgan peshqadam «Liverpul»da ham 33 ochko mavjud.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
06.01

Majidxon har bita sozizga nuqta qoyardiz esizdan chiqibti

  [off]
06.01

Вugungi o'yndа omаt

  [off]
06.01

Sulsher Mevali daraxtga tosh otiladi san bunga parvo qima.laycha itlar akillab yururadi.Sulsher gaz bos.ManYu chempion.
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты