Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Fergyuson Reshford haqida: «Hamma futbolchilar ham mashina sotib olishavermaydi. Bag‘rikeng o‘yinchilar ko‘p»

07.01.2021, 07:33

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson e’tiborini ijtimoiy muammolarga qaratayogan hujumchi Markus Reshford haqida gapirdi.

«Markus doim yaxshi yigit bo‘lgan. 9 yoshida klubga qo‘shilgan. U o‘zini tutishi, harakatlari bilan ajralib turadi. U – shunday odam. U ishchi sinf nima ekanligini biladi. Maktabda bo‘lganimda bepul tushliklar bor edi. Markus ham bu nima ekanligini biladi.

Yana bilaman, Xuan Mata maoshlarining bir qismini xayriya ishlariga sarflaydi.

Reshford nimalar qilganini ko‘ring. Hamma futbolchilar ham mashina sotib olishavermaydi. Bag‘rikeng futbolchilar ko‘p. Futbolchilar ham bekor yurishmaydi», – deydi Fergyuson.

Eslatib o‘tamiz, mankunianliklarning 23 yoshli o‘yinchisi Angliyadagi 1,3 mln bolani yozgi ta’til paytida bepul ovqatlanishi uchun vaucherlar bilan ta’minlashga yordam berdi. Uning targ‘iboti tufayli hukumat kambag‘al bolalar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 450 mln yevrodan ko‘proq mablag‘ sarfladi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar
I

  Izzatbek [off]
07.01

Мусулмон булса дунёга урнак буладиган айникса тонналаб пули булатуриб яхшилик килмайдиган искирт бойларга урнак булардинг Решфорт сандан ОЛЛОХ рози булсин ИншоОллох санам бир кун келиб Мусулмонлар каторига кушиларсан

  [off]
07.01

Rеsh bolа tаnijonin sog' bo'lsin

  Ruud Van Nistelrooy [off]
07.01

Class
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты