Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ole: «Yarim finalda yutqazishimiz psixologiyaga bog‘liq emas. «Siti» – hozir APLning eng kuchli jamoasi»

07.01.2021, 13:08

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Angliya Liga Kubogining yarim finalidan o‘rin olgan «Manchester Siti» (0:2) bilan o‘yindan so‘ng fikrlarini bildirdi.

«Manchester Siti» ko‘plab chiroyli gollarni urishga qodir. Ammo oddiy vaziyatlarda to‘p o‘tkazib yuborish xafa qiladi. Standart vaziyatlarda yetarlicha darajada yaxshi emasdik.

Ko‘p vaziyatlar yaratmadik, ammo raqib ham. Juda qiyin raqibga duch keldik. Ular yaxshi o‘ynashganida, g‘alaba qozonish uchun juda kuchli o‘ynash kerak.

Doim finalga yaqinlashyapmiz. Hozirgi «MYu»ning mag‘lubiyati bir yil avvalgisidan ancha yaxshi. Yarim finalda yutqazish psixologik jihatga aloqador emas. Ba’zan yarim finalda kuchli raqiblarini uchratasiz. Va hozir «Siti» – Angliyaning eng yaxshi jamoasi», – deydi Ole.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
07.01

aplga koramiz0

  [off]
07.01

aybnbingni bilmaysan

  [off]
07.01

boe etiborni APLga qarat
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты