Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Roy Kin «Manchester Siti» bilan o‘yindan keyin Fernandeshni tanqid qildi

07.01.2021, 14:25

«Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi Roy Kin Ole-Gunnar Sulsher boshqaruvidagi mankunianliklarning yarim finallardan o‘ta olmayotgani sababini aytdi.

«MYu» kecha, 6 yanvar kuni Angliya Liga Kubogi yarim finalida «Manchester Siti»ga (0:2) imkoniyatni boy berdi. «Qizil iblislar» Sulsher kelganidan beri turli turnirlarda 4 bor yarim finaldan o‘ta olishmadi.

«Futbolda sovrinlar yutish oson emas. Bilasizmi, Brunu Fernandeshni so‘nggi bir necha oy ichida Kantona va boshqalarga taqqoslab, maqtashdi. Ammo Kantona... Brunu Fernandesh «Siti» bilan bahsda o‘zini ko‘rsata olmadi. Eng zo‘r o‘yinchilar esa katta o‘yinlarda o‘zlarini ko‘rsatishlari kerak. Kantona shunday edi – u jamoaga sovrinlar olib berardi. Hozir jamoaga shunday o‘yinchi yetishmayapti.

«Manchester Yunayted»ga yana yuqori darajali bir yoki ikki o‘yinchi kerak. Ehtimol, jamoa yarim final chizig‘ini bosib o‘tish uchun yetarlicha ishonchga ega emas», – deydi Kin.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
08.01

Bu gaplarni Simon Jordon endi aytibti chidap turolmapti. Man bu gapni mavsum boshidan beri aytaman. Martial MU ni tark etish kerak manam shu fikr unga vaqt ajratgan taqdirda ham u aytilgan darajaga chiqmaydi. Undan ko'ra Green woodni tarbiyalash kerak. Unda umuman maydonni ko'rish darajasi yo'q. Hujumdagi foydali ish koeffisenti umuman past. O'zidan bilib ketsa yaxshi bo'lardi. Mana shular Pogba bilan ikkalasi boshqa o'yinchlar potensialini ko'rsatishga halaqit qilyapti. Vaqtida kerak bo'lsa Ferguson Ronaldu uchun Nistelroydan voz kechgan. Chunki o'shanda trenerovkada Nistelroy Ronalduni sig'dirmagan edi. Mana nima ketishi kerak hujumchi degan to'pga birinchi teginishda ko'p narsani hal qila bilishi kerak va ko'proq pressing qilishi kerak.

  [off]
08.01



"#MCFC va #LFC ikki yil avvalgidan yaxshiroq emas va #MUFC ularni baribir engib chiqa olmaydi."



"Birinchi uchlikdan birortasi Ole-ni ish bilan ta'minlaydimi?"



"Bu futbolchilarning ba'zilari etarlicha emas. Martial sizni ishdan bo'shatadi." @ SJOpinion10 "Manchester Yunayted" haqida so'raganda o'zini ushlab turmaydi.

  [off]
08.01

Kavani yetiwmadi wu oyinga

  [off]
07.01

Bu o'yinda tajriba muhim rol o'ynadi.Mansiti murabbiy va o'yinchilarida tajriba bor muhim o'yinlar g'alaba qozonishga.ManYu 12-turda siti bilan 0-0 o'ynab.kubuk o'ynida 0-2 yutqazgani alam qivoti boru.

  [off]
07.01

Гандон эски ўйинчилар, бошлашди яна танқидни...

  [off]
07.01

Bruno zur oyinchi charchadi u ham van de bekni tashash kk edi u ham odam

  [off]
07.01

Brunoni bitta òzi komandani oldinga tortayapti san aytayotgan oldingi jamoada kuchli futbolchilar kòp bòlgan. Kechagi òyinda hech bir futbolchi òzida ishonch bilan yurakdan jon kuydirib òynamadi hammasi qòrqqanidan tizzasi qaltirab òynadi. Sitini òyinchilari dagi ichonchga havasim keldi myuni mensinay òynadi kecha. Etibor bergan bòlsanlar darvozabon birorta erkin zarbani shunchaki uzoqqa tepmadi qòrqmay òz jarima maydoni ichida pas berib bemalol himoyachilar erkin òynadi lekin himoyachilariyam umuman xato qilmadi shuncha bosimga qaramay. Tan olish Oĝir bòlsa ham kecha siti bir bosh ustun edi myudan har jabhada. Eng asosiysi har bir futbolchisini kòxi yonib turdi òzida cheksiz ishonch bilan òynadi hammasi.

  [off]
07.01

Ha endi kantona maxluq bolgan hozir myuga shunday uyinchilar yetmayapti
Umumiy: 8

© 2023 Uzbek Reds
Контакты