Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«U hech kimni kamsitishni istamagan, ammo bu mamlakat uchun haqoratli so‘zni ishlatdi». FA Kavani bo‘yicha qarorini tushuntirdi

08.01.2021, 06:19

Angliya Futbol Assotsiatsiyasi (FA) tartib-intizom qo‘mitasi «Manchester Yunayted»ning urugvaylik forvardi Edinson Kavaniga e’lon qilingan jazo chorasi bo‘yicha tushuntirish berdi.

«Qo‘mita futbolchining urugvaylik do‘stiga do‘stona tarzda javob bergani va unda birovni kamsitish yoki irqchilik kayfiyati yo‘qligi borasidagi javobidan qoniqdi.

Bunday xulosa barcha dalil va tushuntirish hamda futbolchining javobida o‘z aksini topgan. Ammo futbolchining niyatidan qat’i nazar, bu mamlakat uchun haqoratli hisoblanadigan so‘z ishlatganining o‘zi ham jazo uchun asos bo‘la oladi», – deyiladi AFA qo‘mitasi xulosasida.

Qo‘mita xulosasida qayd etilishicha, «MYu» Angliyaga kelgan ingliz tili, madaniyati haqida hali yetarlicha tushunchaga ega bo‘lmagan xorijlik yangi futbolchilarning media va OAVda o‘zini qanday tutishi masalasida ular bilan ish olib bormagani aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kavani Instagram’da urugvaylik do‘stining tabrigiga «rahmat, qoravoy» (Grasias negrito) deb javob bergani uchun AFA tomonidan 3 o‘yinga diskvalifikatsiya qilinib, 100 ming funtga jarimaga tortilgandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты