Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Sulsher Diallo haqida: «Unda «MYu»ning muhim o‘yinchisiga aylanish uchun barcha zarur fazilatlar mavjud»

08.01.2021, 16:31

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher «Atalanta»dan sotib olingan 18 yoshli hujumchi Amad Diallo Traore haqida fikr bildirdi.

«Bizning klub uni bir necha yildan beri kuzatib boradi. Amadni shaxsan kuzatganman va uni futboldagi eng yosh, umidli futbolchilardan deb o‘ylayman.

«Manchester Yunayted» yosh futbolchilarni rivojlantirish tarixi bilan faxrlanadi. Bu yerda Amad o‘z salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun barcha sharoitlar mavjud.

Unga moslashish uchun vaqt kerak bo‘ladi, lekin uning tezligi, maydonni ko‘rish qobiliyati va fantastik driblingi yordam beradi. Unda yaqin yillarda «MYu»ning muhim o‘yinchisiga aylanish uchun barcha zarur fazilatlar mavjud», – deydi Ole.

Eslatib o‘tamiz, inliz klubi ivuarlik futbolchi uchun 30 mln yevro to‘ladi. Bu qiymat bonuslar hisobiga oshishi mumkin.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты