Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

APL dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomiga da’vogarlarni e’lon qildi

08.01.2021, 19:33

Angliya Premer Ligasi rasmiy sayti dekabr oyi yakunlariga ko‘ra, oyning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomiga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, eng yaxshi futbolchi bo‘lish uchun 8 nafar o‘yinchi nomzodi ko‘rsatilgan. Bular – El G‘ozi («Aston Villa»), Brunu Fernandesh («MYu»), Martines («Aston Villa»), Mi («Byornli»), Reshford («MYu»), Saloh («Liverpul»), Souchek («Vest Hem») va Stounz («Manchester Siti»).

[Изображение удалено]

O‘tgan oy yakunlariga binoan eng yaxshi murabbiy nomi uchun esa 4 nafar mutaxassis nomzodi keltirilgan. Bular – Karlo Anchelotti («Everton», 5 o‘yin, 4 g‘alaba, 1 durang), Shon Daych («Byornli», 6 o‘yin, 3 g‘alaba, 2 durang, 1 mag‘lubiyat), Ole-Gunnar Sulsher («MYu», 6 o‘yin, 4 g‘alaba, 2 durang) va Din Smit («Aston Villa», 5 o‘yin, 3 g‘alaba, 2 durang).

[Изображение удалено]

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi yakunlariga ko‘ra Brunu Fernandesh oy laureatiga aylangan bo‘lsa, Joze Mourino eng yaxshi murabbiy deb topilgandi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
09.01

Buruno bo'lsa yahshi bo'lardi

  [off]
09.01

sulsher, bruno, reshford ga omad....
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты