Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Berbatov Ramosning «MYu»ga o‘tish ehtimoli haqida to‘xtaldi

09.01.2021, 05:37

«Manchester Yunayted» sobiq hujumchisi Dimitar Berbatov «qizil iblislar» «Real» sardori Serxio Ramos uchun kurashishi kerakligi haqida so‘z ochdi.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik himoyachi kelasi yozda shartnoma muddati tugashi sababli erkin agentga aylanishi mumkin.

«Albatta, men Ramosning kelajagi haqida juda ko‘p yangiliklarni o‘qidim. U har qanday jamoaga katta tajriba va kuch berishga qodir. O‘zining yoshiga qaramay, Serxio hanuzgacha eng yaxshi o‘yinchidir va bu «MYu» uchun shubhasiz, yaxshi kelishuv bo‘ladi. Agar Ramos erkin agentga aylansa, ko‘plab klublar uni sotib olishga harakat qiladi. Ammo «Real» ham, Serxio ham yaxshilab o‘ylab ko‘rishlari kerak, chunki boshqa joyda chim doim ham yashil bo‘lavermaydi», – deydi Berbatov.

34 yoshli Ramos «Real» safida 2005 yildan beri o‘ynab kelmoqda, u 666 o‘yin o‘tkazib, 100 ta gol urgan va 40 ta golga uzatma bergan.

Manba: www.championat.asia

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты