«MYu» Koutino uchun kurashga qo‘shildi
09.01.2021, 05:49
«Barselona» xavbeki Filippe Koutino yozda klubdan ketishi mumkin.
27 yoshli braziliyalik futbolchi uchun «Manchester Yunayted» ham da’vogarlik qilishni boshladi. «Qizil iblislar» bu borada «Chelsi» va «Arsenal» bilan raqobatga kirishishlariga to‘g‘ri keladi.
«Barselona» Koutinoning sotuvidan kamida 40 million yevro ishlab olmoqchi.
Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.
Manba: www.championat.asia