Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ole: «Van de Bek «Manchester Yunayted»da uni qadrlashlarini biladi»

09.01.2021, 18:55

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Donni van de Bekning klubdagi faoliyati haqida gapirdi.

«Yaxshi futbolchilarga ham o‘zini ko‘rsatish uchun yetarlicha vaqt talab etiladi. Albatta, Donniga yaqin odamlar uning taqdiriga befarq bo‘la olmayotganini tushunamiz. Donni «Uotford»ga qarshi o‘yinda maydonga tushadi. Bu uning uchun imkoniyatlardan biri bo‘ladi. Donni bilan uning klubdagi o‘rni haqida gaplashib olganmiz. «MYu»da uni qadrlashlarini yaxshi biladi. Aminmanki, van de Bek jamoamizda o‘zini ko‘rsatish uchun hali ko‘p imkoniyatga ega bo‘ladi», – deydi Ole.

Ma’lumot uchun, van de Bek sentabr oyida 40 million yevro evaziga «Ayaks»dan «Manchester Yunayted»ga o‘tgandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
09.01

Van De Beek pogbani siqib chiqaradi asosiydan degan umiddaman
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты