Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» futbolchisida koronavirus aniqlandi

09.01.2021, 19:01

Angliya Kubogi 3-bosqichi doirasidagi «Uotford»ga qarshi o‘yin oldidan «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Fakundo Pelistrining topshirgan testi musbat natija bergan.

Klub rasmiy saytining xabar berishicha, koronavirus yuqtirib olgan 19 yoshli urugvaylik forvard 10 kunlik o‘zini yakkalash tartibiga o‘tkazilgan. Qayd etilishicha, «Uotford»ga qarshi kubok bahsida Fakundo Pelistri «MYu» asosiy jamoasi safidagi debyutini nishonlashi kutilayotgandi.

Urugvaylik yarimhimoyachi oktabr oyida «MYu» futbolchisiga aylangandi. Manchesterliklar Fakundo uchun Urugvayning «Penyarol» klubiga 8,5 million yevro to‘lagan. U bungacha klubning yoshlar jamoasida muvaffaqiyatli to‘p surib kelayotgandi.

Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» bugun, 9 yanvar kuni «Old Trafford»da «Uotford»ga qarshi kubok uchrashuvida maydonga tushadi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
09.01

Бугун траворе тушармкан

  Market_Utd [off]
09.01

Эссиз,бугунам куролмасаканмизда уйинини,шифосини берсин согайиб кетсин.
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты