Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ole: «MakTomini – shunchaki jangchi»

10.01.2021, 13:27

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Angliya Kubogi doirasida «Uotford»ga gol urgan Skott MakTomini haqida gapirdi.

«Skott yaxshi mavsumni o‘tkazmoqda. U maydonda vaxshiy futbolchiga aylanib bormoqda. Uning «jarima maydonchasidan jarima maydonchasiga» pozitsiyasida o‘ynay olishini yaxshi bilamiz. Skott standart vaziyatlardan keyin ko‘proq gol urishi kerak edi. Bugun ham uning gol urganidan xursandman.

MakTomini biz talab qilgan barcha vazifalarni bajarmoqda. Unga sardorlik bog‘ichini berib, bunga bo‘ladigan reaksiyasi qanday bo‘lishini kutgandik. U bugun ajoyib o‘yin ko‘rsatdi», – deydi Ole.

Manba: www.championat.asia

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
10.01

Omad mac tominay

  Nodirjon [off]
10.01

Маладес хақиқий МЮчи
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты