Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ole: «Mavsum so‘ngida hech kim APLning 12 yanvardagi jadvalini eslamaydi»

11.01.2021, 17:24

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher «Byornli»ga qarshi APL 1-turining qoldirilgan o‘yinidan oldin o‘z fikrlarini bildirdi.

«Biz hali mavsumning yarmini ham o‘tkazmadik. Premer Ligadagi har bir o‘yin qiyin. Har bir bahs – imtihon. «Uotford» sinovidan o‘tdik (1:0, Angliya Kubogida), keyingisi – «Byornli», so‘ng «Liverpul» va «Fulhem».

Mavsum so‘ngida hech kim APL jadvali 2021 yil 12 yanvarda qanday ko‘rinishda bo‘lganini eslamaydi. Agar seshanba kuni 3 ochko olsak, bu ketma-ket ikkinchi g‘alaba bo‘ladi va «Liverpul» bilan o‘yin oldidan ishonchimiz ortadi. Premer Ligadagi har bir bahs ishonchni oshirish uchun imkoniyatdir.

Pogba, Bayi, Lindelyof va Shou «Byornli» bilan o‘yingacha tiklanishlariga ishonmayman. Umid qilamanki, ular «Liverpul»ga qarshi bahsga tayyor bo‘lishadi», – deydi Ole.

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» va «MYu» 33 ochkodan to‘plab, APLda yetakchilik qilishmoqda. Ammo mankunianliklar 12 yanvar kuni zaxiradagi o‘yinda mag‘lub bo‘lishmasa, yakkapeshqadamga aylanishadi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
12.01

Kubokdagi raqibimiz Liverpool

  Nodirjon [off]
12.01

Магуайр Туанзебе кураркаммизда

  [off]
11.01

Жамоамиз 3 та тўп фарқи билан ютади, иншааллох.

  [off]
11.01

Hammaga salom man sayitga yangi qoshildim lekin 5 6 yildan beri kuzatib boraman sila bn dostlashib ketamiz dib umid qilaman

  HasanDjuraev [off]
11.01

Эртага 01:15 узб вакти бн

  [off]
11.01

Ха ертага болади индинга отар кечаси ойин

  [off]
11.01

Byorli bilan oyin ertaga buladimi

  [off]
11.01

Byorli bilan oyin ertega buladimi ay

  [off]
11.01

Олга м ю
Umumiy: 9

© 2023 Uzbek Reds
Контакты