Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» PSJga Pogbaning narxini ma’lum qildi

12.01.2021, 05:56

PSJ «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogba uchun kurashmoqchi.

Fransiyalik futbolchining transferiga shaxsan parijliklar bosh murabbiyi Maurisio Pochettino qiziqish bildirmoqda.

«Qizil iblislar» agar 83 million yevro taklif qilinsa, 27 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga tayyorlar. Bitimning joriy transferlar oynasida amalga oshishi istisno etilmayapti.

Pogba joriy mavsum Angliya Premer Ligasi doirasidagi 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi. Polning «MYu» bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Manba: www.championat.asia

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты