Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Bayer» «Manchester Yunayted» himoyachisini ijaraga oladi

12.01.2021, 05:30

«Manchester Yunayted»ning niderlandiyalik himoyachisi Timoti Fosu-Mensa «Bayer»ga o‘tadi.

Jurnalist Fabrisio Romanoning tvitterida yozishicha, futbolchi 2021 yilning yoziga qadar sotib olish huquqisiz «Bayer»da ijarada o‘ynaydi.

23 yoshli Fosu-Mensa «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ushbu mavsumda mankunianliklar tarkibida barcha turnirlarda 3 o‘yinda qatnashdi.

Manba: www.championat.asia

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты