Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» va PSJ «Brest» o‘yinchisi uchun da’vogarlik qilmoqda

12.01.2021, 05:37

«Manchester Yunayted» «Brest» yarim himoyachisi Romen Fevrga qiziqmoqda.

«MYu» fransiyalik futbolchini «Borussiya» (Dortmund) o‘yinchisi Jeydon Sanchoning arzonroq varianti sifatida ko‘rmoqda.

22 yoshli o‘yinchi uchun kurashda «Yunayted» bilan «Pari Sen-Jermen» klubi raqobatga kirishgan.

Fevr «Brest»ga 2020 yilning yozida «Monako»ning ikkinchi jamoasidan 400 ming yevro evaziga o‘tgandi.

Futbolchi joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.

Manba: www.championat.asia

Oxirgi fikrlar

  [off]
12.01

Sancho yaxshi sanchoni olish shart myu
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты