Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» darvozaboni bilan shartnomani uzaytirdi

12.01.2021, 15:29

«Manchester Yunayted» 21 yoshli darvozaboni Natan Bishop bilan bitimni uzaytirganini e’lon qildi.

Yangi shartnoma 2023 yozigacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Bishop mankunianliklar safiga 2020 yil yanvarda 4-divizion jamoasi «Sautend Yunayted»dan o‘tgan va hozircha asosiy jamoada o‘yin o‘tkazmagan.

Avvalroq «MYu» himoyachisi Timoti Fosu-Mensani «Bayer»ga ijaraga berishi, «Nyukasl» qiziqish bildirayotgan Brendon Uilyamsni esa jamoada olib qolishi xabar berilgan edi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
12.01

Uilyаms iqtdorli bolа ungа yаm ko'proq o'yn аmаlyot kеrаk
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты