Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

De Xea: «Fergyuson davrida APL bosh sovrini uchun kurashgandim. Ko‘p vaqt o‘tdi, «MYu» bu safar imkoniyatni qo‘ldan chiqarmasligi kerak»

13.01.2021, 05:47

«Manchester Yunayted» golkiperi David De Xea manchesterliklarning Angliya Premer Ligasi joriy mavsumidagi chempionlik imkoniyati haqida gapirdi.

«Aleks Fergyuson davrida APL bosh sovrini uchun kurashgandim. O‘shandan keyin faqat bir necha marta chempionlik uchun kurasha oldik, xolos. Ammo oxirgi yillarda bu maqsaddan uzoq edik. Oradan ko‘p vaqt o‘tib, nihoyat bu mavsum chempionlik uchun kurashayapmiz. Biz bu safargi imkoniyatni qo‘ldan chiqarmasligimiz kerak.

«MYu» har o‘yinga puxta tayyorlanib, faqat g‘alaba uchun o‘ynashi shart. Fikrimcha, jismonan va ruhan kuchli bo‘lsak, Premer Liga g‘olibligi uchun kurasha olamiz», – deydi De Xea.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
13.01

Tugri aytasan dex janoblari chunki myuda dunyoni engkuchli fudbalistlari yigilgan bu tarkib chempionlikka tugri keladi
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты