Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Sulsher «Byornli» bilan o‘yin, Maguayrning hisoblanmagan goli va Pogba haqida gapirdi

13.01.2021, 16:47

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APLning 1-turidan o‘rin olgan «Byornli»ga (1:0) qarshi qoldirilgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Juda mamnunman. 3 ochko olsangiz, qoniqasiz. Kurashishimiz kerak edi va buni uddaladik.

Xotirjamlik va bosiqlik o‘yinning kaliti edi. Birinchi yarim soat ichida unchalik yaxshi o‘ynamadik, ammo keyin VAR bizni tetiklashtirdi.

Maguayrning goli juda zo‘r bo‘ldi va yigitlarning nima uchun g‘azablanishganini tushunaman. Tanaffusda ularni tinchlantirishim kerak edi. 27-daqiqadagi (Shouga sariq kartochka ko‘rsatilgan vaziyat) epizodni ko‘rmadim, ehtimol, hakamlar hammasini to‘g‘ri hal qilishdi. Chunki bosh hakam vaziyatni tomosha qilish uchun ekran oldiga keldi. Bekor qilingan gol esa xato, to‘g‘risini aytsam.

Pogba o‘ziga xos uslubda ajoyib gol urdi. U bugun juda yaxshi o‘ynadi. Ikkinchi to‘pni kiritganimizda yengilroq bo‘lardi, ammo biz oson yo‘llarni izlamayapmiz.

Bunday o‘yinlar oldidan o‘zimizni ishonchli his qilib, o‘z yo‘limizda juda yaxshi harakat qilyapmiz. Keyingi bahsda chempion sinovidan o‘tamiz. Bu – aql bovar qilmaydigan holat va biz uchun ajoyib sinov», – deydi Ole.

Ma’lumot uchun, «MYu» ochkolarini 36 taga yetkazib, peshqadam bo‘lib oldi. Mankunianliklar keyingi turda 2-o‘rindagi «Liverpul» mehmoni bo‘lishadi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
13.01

Марсиалданам баттар Линделёф асабга ойнарди лекин у хам сонги пайтлар озига ишонч уйгатяпди.Марсиал эса керак болмаган ойинларда М Ю 2 3 та топ фарки билан галаба козониб турган пайти чиройли гол уруши мумкин лекин мухим ойинларда Вулвер билан ёки кечаги Бёрнли каби Тоттенхемга охшаш автобусли камандаларга карши 4 5 вазиятда битта гол урмаса ундан Гринвуд фойдалирок.

  [off]
13.01

Хаммаси яхши лекин Марсиалдек ойинчи билан жуда кийин болади чемпионликка курашиш.Марсиалдан бази фанатдошларимиз нимадир кутишади бу табий хол.Лекин у М Ю га ортикча хеч нима бера олмайди.Ундан коп нарсалар кутмаслик керак.

  [off]
13.01

Ваrbr po'l kеtish kеrаk un oldng o'ynlаri yo'q undа Iymon bor lеkn insof yo'g' еkаn o'ynini qаrеn olyаpkаn mаoshn qаrеn mаrsiаld do'rtmungа bеrib sаnchon olish kеrаk

  [off]
13.01

Ваrbr po'l kеtish kеrаk un oldng o'ynlаri yo'q undа Iymon bor lеkn insof yo'g' еkаn o'ynini qаrеn olyаpkаn mаoshn qаrеn mаrsiаld do'rtmungа bеrib sаnchon olish kеrаk
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты