Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Pogba: «Oldinda uzoq yo‘l va katta o‘yinlar bor»

13.01.2021, 16:50

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogba APLning 1-turidan o‘rin olgan «Byornli» (1:0) bilan qoldirilgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bugungi o‘yin qiyin bo‘lishini bilardik. G‘alaba qozonishni xohladik. Bu yerda o‘ynash oson emas. 3 ochko oldik va bundan juda xursandmiz. Ammo oldinda uzoq yo‘l va katta o‘yinlar bor. Bor e’tiborimizni mavsumni ijobiy yakunlashga qaratamiz.

VAR? Albatta, buni qabul qilish qiyin, lekin professional bo‘lish kerak. Tinchlanishimiz, diqqatimizni jamlashimiz kerak edi. Gol urdik va g‘alaba qozondik.

Maguayrning golida nima bo‘lganini bilmayman. Bu haqqoniy va ajoyib gol edi. Lekin hakam g‘alati qaror qabul qildi. Yakunda kerakli natijaga erishdik», – deydi Pogba.

«MYu» g‘alabadan so‘ng ochkolarini 36 taga yetkazib, 1221 kun deganda APLda karvonboshiga aylandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты