Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» himoyachisi «Bayer»ga o‘tmoqda

13.01.2021, 17:02

«Manchester Yunayted» himoyachisi Timoti Fosu-Mensa «Bayer» klubiga o‘tishga yaqin, deya xabar bermoqda Daily Mail.

Manbaning yozishicha, nemis klubi 23 yoshli niderlandiyalik futbolchi bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Timotining «MYu» bilan amaldagi shartnomasi yozda nihoyasiga yetishi bois, futbolchining transfer summasi 2 million yevroni tashkil etadi. Futbolchi Germaniyaga yetib borgan va tez orada shartnoma imzolaydi.

Ma’lumot uchun, Fosu-Mensa 2014 yildan buyon «Manchester Yunayted» tizimida edi. Futbolchi bungacha «Kristal Pelas» va «Fulhem» safida ham ijara asosida to‘p surgandi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
13.01

Тунзебе ва теди менги мюди Видич ва фердинанти болади худо хохласа корасилар

  Market_Utd [off]
13.01

Яхши ббди битта ковунчидан кутилибмиз,туанзабениям сотворганида унданам яхши буларди.
a

  admin [off]
13.01

Жуда зур хабар. Омад, Тим!

  Nodirjon [off]
13.01

Байерга рахмат коттакон

  [off]
13.01

Жуда асаб бузар эди озиям.Майли Байерда омад.
Umumiy: 5

© 2023 Uzbek Reds
Контакты