Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Fransiya klubi Lingard masalasida «MYu» bilan muzokaraga kirishdi

13.01.2021, 20:47

Fransiyaning «Nitssa» klubi «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Jessi Lingardni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deya yozmoqda Sky Sports.

Manbaning yozishicha, fransuzlar angliyalik yarim himoyachini ijaraga olish borasida muzokara boshlagan. Bungacha Lingardga «Tottenhem», «Portu», «Real Sosedad» va «Sheffild Yunayted» klublari qiziqish bildirayotgandi.

Ma’lumot uchun, Jessi APL joriy mavsumida haligacha birorta o‘yinda maydonga tushmagan. Lingard faqatgina Angliya Liga Kubogi doirasida ikki o‘yinda maydonga tushgan. Transfermarkt futbolchining transfer bahosini 10 million yevroga baholagan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  Market_Utd [off]
14.01

Яхши ун млнга оларкану сотиш кере яна бирор йил юрса текинга кетади.
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты