Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ole: «Chempionlik haqida o‘ylamaymiz. Bu – oldindan taxmin qilib bo‘lmaydigan mavsum»

21.01.2021, 15:40

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APLning 18-turidan o‘rin olgan «Fulhem»ga (2:1) qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘yinni yomon boshladik, ammo o‘tkazib yuborilgan goldan keyin ajoyib o‘ynadik. Uyg‘onishimiz kerak edi.

Pogba ajoyib gol urdi. Bizda o‘yin natijasini ertaroq hal qilish uchun ko‘plab imkoniyatlar bor edi. Tabiiyki, bir to‘p farqi saqlanib tursa, tomog‘ingizda shish paydo bo‘ladi.

Pogba haqiqatan ham o‘zini ko‘rsatdi. U yarim himoya markazida ham, qanotda ham o‘ynashi mumkin. Bu uning ishida juda muhimdir.

Albatta, yarim mavsumni ortda qoldirganimiz va jadvalning yuqorisida ekanligimizni hisobga olib, chempionlik uchun imkoniyatlarimiz haqida gapirishadi. Ammo biz bu haqda o‘ylamaymiz. O‘yindan o‘yinga o‘tishimiz kerak. Bu – oldindan taxmin qilib bo‘lmaydigan mavsum», – deydi Ole.

Ma’lumot o‘rnida, «MYu» 40 ochko bilan tunir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
21.01

Olğa MYU faqat ğalaba kerak....
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты