Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Pogba: «Chap oyoqda bunday gol kiritishimni kutmagandim»

21.01.2021, 15:47

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogba Premer Liga 18-turi doirasidagi «Fulhem»ga (2:1) qarshi uchrashuvda jamoasiga g‘alaba keltirib, o‘yindan keyin taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bugun ham og‘ir uchrashuvni o‘tkazdik. «Fulhem» oson taslim bo‘ladigan raqib emas, bosim o‘tkazib, himoyada ham juda tartibli o‘yin namoyish etadi. O‘yindagi uch ochko bizga juda zarur edi va uni qo‘lga kiritdik. Chindanam golim chiroyli chiqdi. Chap oyoqda bunday gol kiritishimni kutmagandim. Tavakkal qilmasang, nimaga qodirligingni bilmaysan. Eng asosiysi – chiroyli gol evaziga ajoyib g‘alabaga erishdik.

G‘olib bo‘lishni yaxshi ko‘raman. G‘alabaga erishganimizda baxtiyorman, mag‘lubiyatga uchraganimizda jahlim chiqadi. Tabiatim shunaqa», – deydi Pogba.

Ma’lumot uchun, «MYu» APL 19-turidan keyin 40 ochko jamg‘argan holda 1-o‘rinda bormoqda.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
23.01

Yaxshi chiroyli gol pogba gol urishda davom etaver

  [off]
21.01

Golni tashela admenla vidieo sini tawavorilaa

  Market_Utd [off]
21.01

Хал килувчи голларни урганидан ташкари уйинда етакчиликниям кулга олябди,уйинни тула бошкарябди,Погба уз даражасига кайтмокда куз тегмасин.Хожидан асосий уйинлардаям голлар кутиб коламиз,Олга Погбум.

  [off]
21.01

охирги уйинларда хал килувчи голларни погба киритябди

  [off]
21.01

Омад погба

  [off]
21.01

Pogbum
Umumiy: 6

© 2023 Uzbek Reds
Контакты