Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» Premer Liga rekordini o‘rnatdi

21.01.2021, 19:52

«Manchester Yunayted» Premer Ligani kechiktirilgan 18-turida «Fulhem»ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:1).

Manchesterliklar o‘yin davomida hisobda ortda borib, yakunda Edinson Kavani va Pol Pogbaning gollari evaziga irodali g‘alabaga erishdi.

Shu tariqa «Manchester Yunayted» Angliya chempionati tarixida 94-marta birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborgan o‘yinida g‘alaba qozondi. Bu musobaqa rekordi hisoblanadi.

Shuningdek, Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari ortda qolgan 19 o‘yinda yetti marta irodali g‘alaba qayd etdi. Faqat «Nyukasl» 2001/02 yilgi mavsumda (10 marta) va «Manchester Yunayted» 2012/13 yilgi mavsumda (9) bundan yaxshiroq natija qayd etgan.

Manba: www.daryo.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
22.01

Nukasl qoyil bir mavsumda 10ta kambek alan sherer davrida

  [off]
22.01

Olg'a myu faqat g'alaba

  [off]
22.01

Ливерпуль ачко йок,оти Энди сити ачко йокотса яхши боларди

  [off]
21.01

Xudo xoxlаsа kаmbеklаr ko'p bo'lаd
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты