Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Runi: «Manchester Yunayted» ushbu mavsumdayoq chempion bo‘ladi»

22.01.2021, 05:38

«Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi, hozirda «Derbi Kaunti» klubi bosh murabbiyi sanalmish Ueyn Runi mankunianlarning chempionlik imkoniyatlari haqida gapirdi.

«So‘nggi bir necha yilda «Manchester Yunayted» Premer Liga chempionligi uchun kurashishga tayyor emasdi. Hozir esa jamoa tarkibida Brunu Fernandesh va Edinson Kavani singari futbolchilarning borligi ularga chempionlik uchun kurashish imkoniyatini berdi. Bu futbolchilar «MYu»ga g‘oliblik ruhini qaytarmoqda.

«MYu» hozirda APL chempionligi uchun kurashyapti. Olti hafta avval yordamchilarim bilan suhbatda «Manchester Yunayted» shu mavsumning o‘zidayoq chempion bo‘lishini aytgandim. Bu borada fikrim o‘zgargani yo‘q.

Pol Pogbaning jamoa o‘yinidagi ta’siri katta. Brunu Fernandesh va Edinson Kavanining maydonda ekani unga bo‘lgan bosimni kamaytiradi. Bu esa Pogbaga bor mahoratini ko‘rsatishga yordam beradi», – deydi Runi.

Eslatib o‘tamiz, Ueyn Runi «MYu»dagi 2004-2017 yillardagi faoliyati davomida 5 karra Angliya chempioniga aylangan.

«Manchester Yunayted» APL 19-turidan keyin 40 ochko bilan turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  D. D. G. M. U. F. C [off]
22.01

Hullas by mavsum Apl bizniki boshqa klublar burnini tiqmasin

  [off]
22.01

Faqat gʻalaba bolalar boshqa yoʻl yoq

  [off]
22.01

Aytganing kelsin runi

  [off]
22.01

ManYuga yangi o'yinchila kere.bu tarkib bilan qiynalib qoladi.oldinda YLgasi turibti.

  [off]
22.01

ман сти хам ютказса эди ушанда хакикий етакчига айланиб оларди

  [off]
22.01

oldin biron narsa diyiw qiyin

  [off]
22.01

Bolsin

  [off]
22.01

Evrton mexmoni bolarkanmi siti

  [off]
22.01

Assalomalekum mayli nima bosaxam chempion bolili lekin Sitini qoldrlgan uyinlari bor xali

  Market_Utd [off]
22.01

Нахот Бернли киган ишни мю килолмаса,буларкану мана ютсаям

  [off]
22.01

Яшавор васили погба буларкану факт онамникига кетаман кетаман дисан шу ердахам яшаса буларкану ман аста секин болалар хам сени яхши куриб колишар дегандимку болалар боладэ сал хато килиб куйсанг погба авт деб ёзиб куйшади шу учун хато кимагин болам

  [off]
22.01

L...pul oz uyida yutqazdi

  [off]
22.01

Raxmat

  Market_Utd [off]
22.01

Sabit,хуш келибсиз сайтга.

  [off]
22.01

Ueyn Rooney aytganin kelsin bu yil yoramiz

  [off]
22.01

Deyn Rooney aytganin kelsin bu yil yoramiz

  [off]
22.01

Assalam alekum Manchester United muxlislari saytda bugin kirdim yangidan Qozoqstonnanman BU yil xudo xalasa champion bulamiz APLda

  [off]
22.01

Ливерпул ютқазди
Umumiy: 18

© 2023 Uzbek Reds
Контакты