Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» FIFA bayonotidan keyin Superligaga qo‘shilmoqchi emas. «Real» va «Yuve» turnirni yaratish fikridan qaytmayapti

24.01.2021, 19:17

Yevropa Superligasini yaratish g‘oyasi bo‘yicha FIFA va UEFA o‘z pozitsiyasini bayon qilgach, «Manchester Yunayted» yangi musobaqaga qo‘shilishdan bosh tortmoqda, deya yozadi Daily Mail.

Manbaning yozishicha, FIFA ushbu turnirda ishtirok etgan futbolchilarning tashkilot shafeligida o‘tkaziladigan yirik turnirlarda qatnashish huquqidan mahrum etilishi haqida ma’lum qilingach, «Manchester Yunayted» bu loyihadan chiqishini ma’lum qilgan.

Shunga qaramay, «Real» va «Yuventus» klubi rahbarlari katta moliyaviy daromad keltirishi kutilayotgan Superligani yaratish fikridan qaytmayapti. Avvalroq, ushbu turnirga Angliyadan «MYu», «Liverpul», «Arsenal», «Chelsi», «Manchester Siti» va «Tottenhem» klublari ham qatnashishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
24.01

Нима кераги бор футболни даромад манбаий деб ойлаябдими бу ахмоклар.Перес деганлари хеч тинчимас эканда.Йоши бир жойга бориб колган болса отирмайдими оз Реали билан болиб
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты