Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ole: «Liverpul» «MYu»dan bir necha ochko kam jamg‘argan bo‘lsa-da, top-klubligicha qoladi»

24.01.2021, 19:35

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Angliya Kubogi 1/16 final bosqichi doirasidagi «Liverpul»ga qarshi o‘yin haqida to‘xtaldi.

«Liverpul» bilan bir hafta ichida ikkinchi marta uchrashamiz. Bu klub avvalgidek yaxshi o‘yin namoyish etmoqda. O‘tgan haftadagi o‘yinimiz oldidan bu jamoaga qarshi to‘p surishning ayni mavridi ekanligi haqida gapirgandim. Bu so‘zlarim raqibga nisbatan hurmatsizlik emas, shunchaki bu vaqtda jamoamiz yaxshi sport formasida ekanligi nazarda tutilgandi.

O‘z kuchimizga ishonamiz. «Enfild»dagi bahsda ham g‘alaba qozonishimiz mumkinligini his qilib turgandik. Kubokda ham «MYu» singari «Liverpul» ham keyingi bosqichga chiqishni istaydi. Chempionatda ular bizdan bir necha ochko kam jamg‘argan bo‘lsa-da, «Liverpul» top-klubligicha qoladi», – deydi Ole.

Ma’lumot uchun, «MYu» – «Liverpul» uchrashuvi bugun, 24 yanvar kuni soat 22:00 da «Old Trafford»da o‘tadi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты