Ole: «Milan» bilan bahs xuddi Chempionlar Ligasidagi o‘yindek o‘tadi»
26.02.2021, 23:08
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Yevropa Ligasi 1/8 final qur’asidagi raqib «Milan» haqida fikr bildirdi.
«Tug‘ilgan kunimga ajoyib sovg‘a bo‘ldi, shunday emasmi? Qanday qur’a bo‘lganiga e’tibor bering! Qur’alarda bizga eng kuchli va qiyin raqiblar tushayotgani allaqachon an’anaga aylandi.
«Milan» bilan o‘yin xuddi Chempionlar Ligasidagidek o‘tadi. Bu o‘yinda o‘zimizni Chempionlar Ligasida to‘p surayotgandek his qilishimiz mumkin. Intizorlik bilan kutayotgan o‘yinlarimiz borligi – ajoyib. Bizga yangi chaqiruvlar kerak va bunday o‘yinlarda maydonga tushishdan zavqlanamiz.
«Milan» – ajoyib an’analar va tarixga ega buyuk klub. Biz ularni hurmat qilamiz. Raqibimiz ajoyib stadionga ega. Ularga qarshi o‘yinni intizorlik bilan kutamiz», – deydi Ole.
Ma’lumot uchun, Yevropa Ligasi 1/8 finali doirasidagi birinchi uchrashuvlar 11 mart, javob o‘yinlari esa 18 mart kuni o‘tkaziladi.
Manba: www.tribuna.uz
[Изображение удалено]