Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ole: «Tuxel kelgach, «Chelsi»da vaziyat o‘zgardi. Bizni jiddiy bahs kutmoqda»

27.02.2021, 12:21

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Premer Ligadagi kuchli to‘rtlik uchun kurash haqida gapirdi.

«Kurash uzoq davom etadi, deb o‘ylayman. Jadvaldagi joylar tez orada aniq bo‘ladiganga o‘xshamaydi. Mavsumda nima bo‘lishini oldindan aytib bo‘lmaydi. Jamoalarning yomon davrlarni boshdan kechirayotganini, so‘ngra yana kurashga qaytishayotganini ko‘rib turibmiz.

Men uchun har bir o‘yin juda katta ahamiyatga ega. Albatta, «Chelsi»ga qarshi o‘yin qiyin bo‘lishini bilamiz va bu bahs qanchalik muhimligini tushunamiz.

Qiyin o‘yinlar seriyasi? Har bir jamoa baribir 38 tadan o‘yin o‘tkazadi. Yomon va yaxshi seriya, albatta, ta’sir qiladi. Bir nechta muvaffaqiyatsiz o‘yinlardan so‘ng kurashga qaytish qobiliyati klubimiz madaniyatiga xosdir. Bu – muhim davr.

Jamoamizda mentalitet bor. Yirik o‘yinlarni kutyapmiz. Albatta, Tomas Tuxel kelishi bilan «Chelsi»da vaziyat o‘zgardi. Jiddiy bahs kutib turganini bilamiz», – deydi Ole.

«Chelsi» – «MYu» o‘yini 28 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
27.02

ManYu mehmonda yahshi o'ynavotti.ManYu 3-ochko olishi kere.

  [off]
27.02

Bugun taxminiy tarkib
darvozada dexea
awb.bayi.maguayr.lyuk.
Fred maktomini bruno
rew kavani jeyms

zaxiraga grinvud vande bek matich mata telles amad ili shortayir..... Boldi tamom

  Market_Utd [off]
27.02

Нима киб бусаям бу уйинни ютиш кере,акс холда кучли туртликка киришам кийин бб колади,энг кучлиларни тушириш кере бу уйинга, Марсяль га ухшаган тепса тебранмаслар керемас бу уйинга.Кавани кайтса асосийда тушириш кере шунака уйинларда.
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты