Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ole: «Zlatan qoyil qoldirmoqda, uning faoliyati yakunlandi deb o‘ylagandim»

27.02.2021, 13:43

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Yevropa Ligasi 1/8 final bosqichiga qur’a tashlangach, bo‘lajak raqib «Milan» forvardi Zlatan Ibragimovich haqida fikr bildirdi.

«Zlatanni yana «Old Trafford»da ko‘rishdan barcha xursand bo‘ladi. U hammani qoyil qoldirmoqda. Ochig‘ini aytsam, Ibragimovich AQShga yo‘l olganida uning faoliyati yakunlandi deb o‘ylagandim. Zlatanning o‘shanda olgan jarohati futbolchilik faoliyatida yana avvalgi darajasida to‘p sura olishini so‘roq ostida qoldirgandi. Ammo u tiklanib futbolga qaytdi va Amerikada to‘p surdi. MLSdan «Milan»ga qaytib, bu jamoani yangi darajaga olib chiqa oldi», – deydi Ole.

Ma’lumot uchun, Ibragimovich 2016-2018 yillar davomida «MYu» sharafini himoya qilib, 33 o‘yinda 17 ta golga mualliflik qilgan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты