Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Gundo‘g‘an «Manchester Yunayted»ga amalga oshmagan transferi haqida gapirdi

27.02.2021, 16:05

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Ilkay Gundo‘g‘an «Borussiya»dagi faoliyati davomida unga «Manchester Yunayted» klubi qiziqish bildirgani haqida aytib o‘tdi.

«Dortmundda to‘p surib yurgan davrimda biz ular bilan muzokaraga kirishgandik. Bu «Manchester Siti»ga o‘tishimdan 2-3 yil avval edi. «Borussiya»dagi jamoadoshim Sindzi Kagava «MYu»ga o‘tgan va bu jamoaning menga qiziqish bildirayotgani haqida aytgandi. Ularning vakillari bir necha marta stadionga kelib o‘yinlarimni kuzatganliklarini bilardim, bunga ko‘nikib ham qolgandim.

Biz og‘zaki muzokaralarga kirishgan bo‘lsak-da, «Borussiya» meni yaqin orada qo‘yib yubormasligini ma’lum qilgach, transfer amalga oshmay qolgandi. Dortmund klubi bilan yana bir necha yillik shartnomam borligi bois, muzokaralardan naf chiqmagandi», – deydi Gundo‘g‘an.

Ma’lumot uchun, Gundo‘g‘an 2011-2016 yillar davomida «Borussiya» safida to‘p surib, so‘ng «Manchester Siti» safiga o‘tgandi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
27.02

Yaxshiyam otmabsan gundogan.baribir myu oyiniga tushmisan

  Market_Utd [off]
27.02

Кавани Вандебек Мактоминей лар эртанги уйинга кайдномага киритилибди яхши.
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты