Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Tuxel: «MYu» bilan o‘yindagi mag‘lubiyat – faoliyatimdagi eng yomoni»

27.02.2021, 21:19

«Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxel «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yin oldidan bu jamoaga qarshi 2019 yilgi bahsni esladi.

«2019 yilgi Parijda «MYu»ga qarshi Chempionlar Ligasi 1/8 final doirasidagi o‘yinimiz juda alamli bo‘lgan. To‘g‘risini aytsam, o‘sha bahsda keyin ikki kun zulmatda o‘tirgandek edim. Hech kim bilan gaplasha olmagan, 1:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan boshqa hech narsa haqida o‘ylay olmagandim.

Bu faoliyatimdagi eng yomon mag‘lubiyat edi. Chunki bu yo‘q joydan paydo bo‘lgan falokatdek ko‘ringandi. So‘nggi soniyalarda VAR tizimi aniqlagan penaltini hazm qilish o‘ta qiyin bo‘lgan. Ayniqsa, birinchi uchrashuvda ikki to‘p farqi bilan g‘alaba qozonib, muxlislarimiz qarshisida bu tarzda yutqazish kutilmagan zarba edi.

Ammo PSJ – «MYu» va «Chelsi» – «MYu» o‘yinini taqqoslab bo‘lmaydi. Bu umuman boshqa turnir va boshqa o‘yinlar. Yakshanba kungi bahsda ham faqat g‘alaba uchun to‘p suramiz. Bu bahs ikki tomon uchun ham muhim ahamiyatga ega», – deydi Tuxel.

Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» «Manchester Yunayted» uchrashuvi 28 fevral, yakshanba kuni soat 21:30 da boshlanadi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
28.02

3 kunlik zulmatga tayyor tur Tuxel

  [off]
28.02

Тухел бугунги санани эслаб кол чунки кейинчалик болларинга вокеани айтиб берасан. Бугун сенларни ëпамиз

  [off]
28.02

ManYu yutishini hohliman.lekin durrang bo'lishi mumkin.

  [off]
27.02

Омад МЮ

  [off]
27.02

Қисқаси фақат омад

  [off]
27.02

Лекин ҳолатдан максимал даражада фойдаланиш керак

  [off]
27.02

Жамоаларни тайёрлаш эса мураббийлар штабига боғлиқ. Тўғри танланган тактик схема ва ўйинчилар

  [off]
27.02

Тўғри ҳар ҳил фикрлар бўлиши мумкин. Лекин ўйинга тайёр жамоа ютади.

  [off]
27.02

Эртанги ўйин кўрсатади ким аслида кимлигини
Umumiy: 9

© 2023 Uzbek Reds
Контакты