Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Tuxel: «APLda «MYu»ni o‘z maydonida mag‘lub etgan birinchi jamoaga aylanish – jiddiy chaqiriq»

28.02.2021, 14:07

«Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxel APLning 26-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yindan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.

«Raqibingizning uslubi, kuchi va zaif tomonlarini bilish yordam beradi. Biz «MYu»ning o‘yin uslubi, hujum zonalari, shuningdek, invidiual va jamoaviy jihatdan kuchli tomonlarini yaxshi tushunamiz. Bu bahsga tayyorlanishda yordam beradi.

Ular ochiq hududda va qarshi hujumda o‘ynashni yaxshi ko‘rishadi. «Yunayted» – ixcham himoyalanishni biladigan kuchli jamoa. Ularga qarshi himoyalanish juda qiyin.

Ko‘p ishlashimiz kerak, ammo hozir yaxshi formadamiz. APLda «MYu»ni o‘z maydonida mag‘lub etgan birinchi jamoaga aylanish – jiddiy chaqiriq», – deydi Tuxel.

Ma’lumot uchun, «MYu» bu mavsumda Premer Ligada safar bahslarida mag‘lubiyatga uchramadi.

«Chelsi» – «MYu» o‘yini bugun, 28 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
28.02

Chelsini yenga oladigan tarkibimiz bor agar oyinchilar potensialidan Sulsher foydalansa yuta oladi
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты